Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy
Arxiv foto
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.
“Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi”, — deya yozdi Zelenskiy oʻzining “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga.
“Axios” nashrining ukrainalik amaldorlarga asoslanib xabar berishicha, Zelenskiy Rossiya oʻt ochishni rad etgan taqdirda ham Istanbulga uchadi. Ukraina yetakchisi avvalroq 12-maydan boshlab Rossiya oʻt ochishni toʻliq toʻxtatishidan umid qilayotganini aytgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring