Putin faoliyatidagi eng katta natijani maʼlum qildi
Foto: РИА Новости
Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzining tarixdagi oʻrni haqida oʻylamasligini aytdi. Unga koʻra, bu qarorlar qabul qilishiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Lekin u prezidentlik faoliyati davomida maʼlum natijalarga erisha olganiga ishonishni taʼkidladi.
Jumladan, “Valday” forumida Putin eng katta natija sifatida milliy qashshoqlik darajasini ikki baravarga kamaytirishga erisha olganini qayd etgan.
“Biz nimaga erishdik. Bizda qashshoqlik chegarasida 40 million odam bor edi. Bugungi har xil hisob-kitoblarga koʻra, 19 yoki 20 milliondan koʻproq qashshoq odam bor. Lekin 40 million emas. Bu, ehtimol, eng katta natijadir”, degan Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, iqtisodiyotni tiklash, terrorizmga qarshi samarali kurashda ham oʻzining xizmatlari bor, deb bilishini taʼkidlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring