“PUBG” akkaunti sotiladi deya fuqarolarni aldab kelgan shaxs qoʻlga olindi

13:05 03 Yanvar 2024 Jamiyat
1034 0

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashovchi 19 yoshli Yu.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.300.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Fargʻona viloyati Quva tumanida yashovchi 17 yoshli M.O. sodir etganligi aniqlangan.

Unga koʻra, M.O., jabrlanuvchi Yu.Sh. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, goʻyoki unga “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oldindan 1.300.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, M.O.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер