“PSJ” Neymarning Ispaniyaga ketishiga rozi boʻldi

18:49 11 Avgust 2023 Sport
4200 0

Foto: Reuters

“PSJ” klubi hujumchi Neymarning Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga oʻtishiga rozi boʻldi. Manbaga koʻra, “PSJ” oʻtish jarayoni amalga oshishi uchun muzokaralarda moslashuvchan boʻlishga tayyor. Ammo ayni paytda “Barselona”ning pozitsiyasi nomaʼlumligicha qolmoqda. Klub braziliyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olmoqchimi yoki yoʻqligi aniq emas.

Neymar 2013-yildan 2017-yilgacha “Barselona” sharafini himoya qilgan. Bu braziliyalik uchun vatanidan tashqaridagi birinchi klub edi. 2017-yildan buyon hujumchi “PSJ” safini himoya qilmoqda va mazkur jamoa bilan besh marta Fransiya chempionligini qoʻlga kiritdi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.

Neymar oʻtgan mavsumda “PSJ” 20 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol kiritdi.

“31 yoshli hujumchi Parij klubiga oʻtishdan oldin oʻynagan “Barselona”ga qaytishni istamoqda”, deya xabar tarqatgan edi Fransiyaning “LʼEquipe“ nashri joriy hafta boshida.

“Bu xabarni tasdiqlay olmayman. “LʼEquipe“ — bu ”LʼEfake“, — dedi Neymar da Silva Santos.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер