Namanganda va Toshkentda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:16 25 Mart 2023 Jamiyat
846 0

Foto: IJQK departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.S. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab “Go‘zal” MFY hududida fuqaro M.A.ga 9 200 dona “SEFZOS” nomli dori vositasini jami 99,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “D.P.” MCHJga qarashli dorixona rahbari O.S. va fuqaro J.I. 2 nafar fuqaroga 20 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 800 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 160 dona “Zardeks” va “Karbamazepin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер