Prokurorlar har hafta kamida bir marta yoshlar bilan uchrashadi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida prokurorlarning hafta davomida kamida bir marta yoshlar bilan uchrashishi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
Shuningdek,sessiyada viloyat prokurorining viloyatdagi 2-sektorda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2021-yil IV choragi uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Yoʻl xaritasida har bir tuman, shahar prokurori haftada kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, ularning gʻoya va tashabbuslarini oʻrganishi, ularga amaliy qoʻllab-quvvatlashi majburiy etib belgilandi.
Mazkur hujjatda davlat foydasiga undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlaridan kelib tushgan mablagʻlarning teng yarmi ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga sarflanishi koʻrsatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring