Jizzaxda dars vaqtida to‘satdan vafot etgan qizning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabida oʻquv yilining ilk kunida 9-sinf oʻquvchisi (qiz bola) dars vaqtida toʻsatdan vafot etganligi haqida xabar tarqalgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Marhumaning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, marhumaning oʻlimiga oʻtkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab boʻlgan.
Tekshirish harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring