Profilaktika inspektorlari oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz kirishlari mumkin boʻladi
Prezident qaroriga asosan oʻz kasbiy faoliyatiga koʻra 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan tashabbuskor katta profilaktika inspektorlari quyidagi oliy oʻquv yurtlariga imtihonlarsiz sirtqi boʻlimga qabul qilinadi:
Jamoat xavfsizligi universiteti;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
Huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini beruvchi universitetlar.
Shu bilan birga, komissiya tuziladi va tavsiyalar berish uchun testlar oʻtkaziladi. Tavsiyalar universitetlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiyalari boʻlgan inspektorlar belgilangan qabul parametrlaridan tashqari roʻyxatga olinadi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 1-mayga qadar 100 nafar katta profilaktika inspektoriga tavsiyalar beriladi.
Oliy oʻquv yurtiga tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilingan bitiruvchilar ichki ishlar organlarida kamida 5 yil xizmat qilishlari shart.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring