Professional taʼlim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlanadi
Oʻzbekistonda professional taʼlim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlanadi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
“Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda taʼlim shaklini tanlashlari lozim”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, abituriyentlar muddati yakunlangunga qadar oʻz tanlovlarini oʻzgartirishlari mumkinligi xabar qilingan.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani toʻgʻrisidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring