Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini "Sulton Tex Group" paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishuvdan boshladi.
Eslatib o‘tamiz, tashrif davomida sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo‘lish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring