Prezidentning energetik xavfsizlik boʻyicha vakili ishdan olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Alisher Saidabbasovich Sultanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha vakili lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, shu yilning 14-iyulida Alisher Saidabbasovich Sultanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha vakili lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan Prezidentning energetika xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring