Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Tojikiston elchixonasining yangi binosini ochdilar
Tojikiston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar.
Yetakchilar elchixona va konsullik boʻlimining maʼmuriy binolari, elchi qarorgohi, diplomatlar va ularning oila aʼzolari uchun turar-joylarni oʻz ichiga olgan majmuani koʻzdan kechirdilar.
Marosim yakunida Prezidentlar Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib, diplomatik vakolatxona hududiga daraxt ekdilar.
Ushbu tadbir Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro intilish qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring