Prezidentimiz kommunal sohadagi ishlar ahvolini tahlil qildi

13:19 29 Yanvar 2024 Siyosat
168 0

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Koʻp qavatli uylarni boshqarish, issiqlik va suv taʼminoti sohalarida keskin oʻzgarish boʻlmayotgani tanqid qilindi.

Jumladan, aksariyat koʻp qavatli uylarda energiya sarfi xorijga nisbatan 3-4 barobar yuqori, issiqlik taʼminoti tizimida energiya yoʻqotishlari koʻp, tizimda bugungi kunga qadar biror marta energiya auditi oʻtkazilmagan, debitor qarzdorligi oqibatida issiqlik korxonalari tizimni yaxshilashga investitsiya kiritmayapti.

Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligiga koʻp qavatli uylarda energiya tejash boʻyicha alohida dastur amalga oshirishni boshlash topshirildi.

Xalqaro ekspertlar jalb qilinib, qayerda markazlashgan, qayerda lokal yoki individual isitish tizimini qoʻllash, qaysi qozonxonalarni kogeneratsiya texnologiyasiga oʻtkazish boʻyicha har bir hududning issiqlik taʼminoti sxemasi ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер