Prezidentimiz IHTning asosiy hujjati boʻlgan “Istiqbollar – 2025” ijrosini sarhisob qilishni qoʻllab-quvvatladi

12:38 09 Noyabr 2023 Siyosat
252 0

Hozircha ishga solinmayotgan katta imkoniyatlarning chuqur tahlili asosida Tashkilotning kelajakdagi ustuvor soha va tarmoqlarini belgilab beruvchi “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konseptual hujjatini ishlab chiqish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari ushbu muhim hujjatda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan asosiy yoʻnalishlarni koʻrsatib oʻtdi.

“Birinchidan, oʻzaro savdoni ragʻbatlantirish. Oʻtgan yili mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo koʻrsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Tashkilotga aʼzo davlatlar umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizi demakdir. Afsuski, imtiyozli savdo bitimini tuzish boʻyicha koʻp yillik urinishlar kutilgan samarani bermayapti. Toʻsiqsiz savdoni shakllantirish yoʻlida hali-hamon koʻplab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan Prezident Oʻzbekiston ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida savdoni soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni qabul qilishga chaqirdi. Unda tovar va xizmatlar savdosini yengillashtirish, texnik va notarif toʻsiqlarni bartaraf etish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya tartib-qoidalarini raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bu chora-tadbirlar orqali 2035-yilga borib oʻzaro savdo hajmlarini kamida ikki barobar koʻpaytirish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер