Ozarbayjon Prezidenti Samarqandga keldi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15-sentyabr kuni mamlakatimizga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ilhom Aliyev Hazrati Xizr majmuasida boʻlib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabriga gul qoʻydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring