Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Namanganda zaharlanib shifoxonaga yotqizilgan bolalar holidan xabar oldi
Фото: Саида Мирзиёева / Telegram
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlatimiz rahbarining topshirigʻi bilan Namangan viloyatida boʻlib, zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan bolalar holidan xabar oldi.
Maʼlum qilinishicha, bolalarning hammasi asta-sekin tuzalyapti, koʻpchiligi oilasi bagʻriga qaytgan.
"Vaziyatni koʻzimiz bilan koʻrish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, koʻpchiligi sogʻaygani uchun uyiga — oilasi bagʻriga qaytarilgan.
Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik.
Shundan soʻng bogʻcha tarbiyalanuvchilari bilan sodir boʻlgan holat yuzasidan sogʻliqni saqlash, SES, taʼlim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yigʻilish oʻtkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik" deyiladi xabarda.
⠀
Hozirda oʻrganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
Bugungi kunda mazkur holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga oʻtkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring