Prezident Yaponiyadan Sankt-Peterburgga joʻnab ketdi

11:34 20 Dekabr 2019 Siyosat
1244 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar va qoʻshma tadbirlarga boy dastur yakunida salmoqli kelishuvlarga erishildi.

Davlatimiz rahbari Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat aʼzolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonot, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga joʻnab ketdi.

 


Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер