Prezident yangi qaror imzoladi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida 2019-yil 19-dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari boʻyicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi konvensiya tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarni bajarilishini taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring