Prezident yangi metropoliten liniyasini ochdi
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mamlakat poytaxti Jakarta shahrida birinchi metropoliten liniyasini ochib berdi, deb yozadi Belta.
Davlat rahbari soʻzlariga koʻra, ommaviy tezyurar transportning ishga tushirilishi poytaxt transport tizimida yanga bosqichni boshlab beradi. U fuqarolarni yangi metropoliten xizmatini sinab koʻrishga chaqirgan. Eʼtiborlisi, bu bepul amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, ushbu metro Jakartadan gʻarbga qarab 8,7 kilometr masofagacha boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring