Prezident yangi avlod darsliklari bilan tanishuv jarayonida xalqaro tajriba sinovi darslari bilan tanishdi

13:04 29 Dekabr 2022 Siyosat
1317 0

Foto: president.uz

Oʻquvchilar zamonaviy gadjetlar orqali qanday bilim olayotgani namoyish etildi. Chunki bugungi jamiyatimiz texnologiyalar va gadjetlar bilan bevosita bogʻliq. Shu bois oʻquvchilarga taʼlim berishda zamonaviy kommunikatsiya vositalari imkoniyatidan samarali foydalanish, oʻquvchilarning ham oʻynab, ham oʻrganishi uchun sharoit yaratishga harakat qilinyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda bolalar bilan suhbatlashdi. Oʻquvchilar, xususan, alohida taʼlimga muhtoj bolalar dars jarayonlarini qanday oʻzlashtirayotgani bilan qiziqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер