Prezident turli sohalardagi namunali xotin-qizlardan minnatdorligini bildirdi

14:52 06 Mart 2026 Siyosat
364 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz turli sohalardagi mehnati, isteʼdodi va aql-zakovati bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ayollarimizga, xalqaro maydonlarda Vatanimizni dunyoga tarannum etayotgan qizlarimizga, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Ayollarni ishli va daromadli qilish masalasi hamisha eʼtibor markazida.

Oʻtgan yili xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida 23,5 trillion soʻm kredit yoʻnaltirildi. Buning hisobidan 425 mingdan ortiq opa-singillarimiz tadbirkorlikka jalb qilindi.

Misol uchun, toʻqimachilik sohasida 300 nafar ayollarni band qilgan yangiariqlik Nargiza Bekmuratova oʻtgan yili ikkinchi fabrikani ochib, yana 100 ta ish oʻrni yaratdi. Ushbu ishbilarmon qizimiz 2025-yilda Anqara shahrida oʻtkazilgan xalqaro tanlovda “Xotin-qizlar uchun eng koʻp ish oʻrni yaratgan tadbirkor ayol” nominatsiyasining gʻolibi boʻldi.

“Men bunday sergʻayrat qizlarimizni Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari deb bilaman. Ularni har qancha qoʻllab-quvvatlashga tayyorman”, dedi Prezidentimiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер