Prezident toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilish boʻyicha Fargʻona viloyatidagi ayrim tuman va shaharlarning koʻrsatkichlari qoniqarsizligini koʻrsatib oʻtdi

21:04 27 Iyul 2023 Siyosat
862 0

Prezident toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilish boʻyicha Fargʻona viloyatidagi ayrim tuman va shaharlarning koʻrsatkichlari qoniqarsizligini koʻrsatib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi xabar berdi.

Misol uchun, Fargʻona shahrida oʻtgan yilning olti oyida bor-yoʻgʻi 25 million dollar investitsiya kiritilgan boʻlsa, joriy yilda ushbu raqam atigi 12 million dollarni tashkil qilmoqda.

Margʻilon shahrida, Oʻzbekiston, Bogʻdod, Toshloq tumanlarida jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi oʻtgan yilgi koʻrsatkichning yarmiga ham yetmaydi.

“Davlat ajratgan har bir soʻmga hokimlarning oʻzi ham kamida shuncha miqdorda investitsiya jalb qilishi boʻyicha topshiriq berganman.

Bu borada, soʻnggi uch yilda Fargʻonaga yoʻnaltirilgan har bir million dollar davlat investitsiyasiga 2,7 million dollar xorijiy investitsiya toʻgʻri kelgan.

Lekin, Fargʻona shahri va Oltiariqda davlat ajratgan har bir million dollarga nisbatan 200 ming dollar kam, Buvayda tumanida esa 300 ming dollar kam investitsiya jalb qilingan.

Bu tuman va shahar hokimlari qanday qilib bosh koʻtarib yuribdi? Har biriga investitsiya boʻyicha oʻrinbosar, 3-4 tadan alohida shtatlar berilgan boʻlsa!», — deya davlat rahbari mutasaddilarni tanqid qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер