Prezident Surxondaryoga joʻnab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, davlatimiz rahbarining ushbu hududga tashrifi ikki kunga moʻljallangan.
Safarning keng koʻlamli dasturidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, qurilish, ijtimoiy va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish oʻrin olgan.
Ertaga Prezidentimiz Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring