Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qoʻshma tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalardagi koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring