Prezident Shavkat Mirziyoyev YETTB prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
“Koʻksaroy” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi hamda YEI va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odilʼ Reno-Basso bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.
Mamlakatimiz va YETTB oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati va samarali sheriklikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqilmoqda.
YETTBning davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish borasidagi tajriba va bilimlaridan foydalanish, sogʻliqni saqlash, taʼlim va uy-joy kommunal xoʻjalik sohalarida yangi DXSH loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring