Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Oʻzbekiston mamlakatda osoyishtalik va birlikni saqlashga qodirdir — Xitoy TIV
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Liszyan Xitoy hukumatining Qoraqalpogʻistondagi voqealarga munosabatini izoh berdi.
«Xitoy tomoni bir necha kun avval Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan voqealardan xabardor. Oʻzbekistonning doʻst qoʻshnisi va keng qamrovli strategik hamkori sifatida Xitoy Oʻzbekiston Hukumatining milliy osoyishtalikni taʼminlash borasidagi harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Xitoy tomoni shunga aminki, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Oʻzbekiston mamlakatda osoyishtalik va birlikni saqlashga qodirdir», deydi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring