Prezident Samarqandga tashrif buyurdi

15:00 16 Oktyabr 2023 Siyosat
501 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun 16-oktyabr kuni Samarqand viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi. 

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari koʻzdan kechirildi.

Tashrif chogʻida Prezidentimiz YUNVTOning bosh sammiti ochilishida nutq soʻzlaydi. Tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv oʻtkazish hamda turizm koʻrgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер