Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda

10:53 16 Yanvar 2024 Siyosat
471 0

Yigʻilish avvalida iqtisodiy kompleks mavzusi birinchisi ekani, kelgusida barcha soha va tarmoqlar faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilishi taʼkidlandi.

Oʻtgan yili iqtisodiy oʻsish 6 foizni tashkil qilgani, bu yil ham bu borada katta rejalar olingani qayd etildi. Ularni amalga oshirish uchun iqtisodiy kompleks juda qattiq ishlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar oʻrinbosarlari bor. Lekin, hozir iqtisodiyotga masʼullarda zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayapti. Ayrim rahbar oʻrinbosarlari oʻziga masʼuliyat olmasdan, mudrab oʻtirgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari tizimni qayta koʻrib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi oʻrinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish boʻyicha taklif kiritishga topshiriq berdi.

Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va oʻrinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, oʻrinbosarlariga masʼuliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. Soʻrov ham shunga yarasha qattiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер