Endi yigʻilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlar bilan oʻtkaziladi — Prezident
Prezident raisligida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni koʻpaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari bundan buyon yigʻilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlari bilan oʻtkazilishini taʼkidladi.
Oʻtgan yili 23 million tonna
meva-sabzavot yetishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga koʻra, buncha mahsulotni oʻzidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa boʻladi.
Lekin iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni toʻgʻri tashkil qila olmagani, eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport 2 milliard dollardan oshmagani qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring