Prezident Qozogʻistonga joʻnab ketdi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-oktyabr kuni Ostona shahriga joʻnab ketdi.
Prezidentimiz u yerda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etadi. Ushbu sammitlar doirasida hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring