Prezident Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga joʻnab ketdi.

Safar davomida Moʻynoq, Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Taxiatosh kabi tumanlar va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish, sanoat korxonalari va fermer xoʻjaliklari faoliyati bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilash rejalashtirilgan. Tashrif ikki kunga moʻljallangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring