Prezident Qirgʻizistonga joʻnab ketdi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 20-iyul kuni Choʻlponota shahriga joʻnab ketdi.
Mamlakatimiz yetakchisi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring