Prezident qarori: Sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻi stavkasi pasaytiriladi
“Qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
2021-yil 1-oktyabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi;
2022-yil 1-yanvardan sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 soʻm miqdorda belgilanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring