Prezident poytaxtda hali ishga solinmagan imkoniyatlarni koʻrsatib oʻtdi
Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Prezident poytaxtda hali ishga solinmagan imkoniyatlarni koʻrsatib oʻtdi. Jumladan, 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xoʻjaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga oʻtgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga berish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish mumkin.
Poytaxtdagi korxona va tashkilotlarda mavjud 98 ming boʻsh ish oʻrni – aholi bandligini taʼminlash uchun ishga solinmagan imkoniyatlardan biri. Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 764 gektar yerda tashkil etilayotgan «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasida yana oʻn minglab ish oʻrni yaratish imkoniyati bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring