Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegrammdagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida xabar beriladi.
Qarorga muvofiq, davlat ulushi 50 foiz hamda undan koʻp boʻlgan yuridik shaxslar davlat xaridlari saytida har yili 1 dekabrgacha kelgusi yilda joriy xoʻjalik faoliyati uchun moddiy-texnika resurslari roʻyxatini majburiy eʼlon qiladi.
2020 yil 1 yanvardan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish uchun javobgarlik boshqaruv organlariga yuklanadi va davlat xaridlari boʻyicha topshiriqlar hamda import kontraktlari Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
2019 yil 1 fevraldan davlat xaridlari boʻyicha texnik topshiriqlar ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etiladi.
Kontraktlar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar Markazda majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Qarorga muvofiq, kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan qiymatning 0,1 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining 100 barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi.
Shuningdek, qaror bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, vazirlik mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring