Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
“Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada “katta sakrash” qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham “soya”da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi”, dedi Prezident.
Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyasidan tamgʻalatib, kirim qilishiga bir oy vaqt berilishi belgilandi.
Umuman, mutasaddilarga sohani chuqur tahlil qilib, “xomashyo – ishlab chiqarish – savdo” zanjiridagi barcha ishtirokchilarni “soya”dan chiqib ishlashini ragʻbatlantiradigan tizim ishlab chiqish topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring