Prezident Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi

14:38 31 Avgust 2022 Siyosat
1083 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.

Bu majmua 2021-yilda, istiqlolimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlab bunyod etilgan edi. Unda mamlakatimizning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kungacha boʻlgan eng muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir bobolarimizning siymolari aks ettirilgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.

“Mustaqillik monumenti – ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida” degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер