Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga 1-iyuldan qabul boshlanadi

16:17 27 Iyun 2022 Jamiyat
1238 0

Illustrativ foto

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul boshlanishi haqida Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYULdan-20-IYULga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;

• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);

• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

• pasport maʼlumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Mazkur maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinf, Mirzo Ulugʻbek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7-sinf uchun qabul boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер