Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “STEM+” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

22:09 28 Mart 2025 Jamiyat
311 0

Xabar berilganidek, “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan “STEM+” musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Guliston, Xiva, Qarshi va Namangan shahridagi Prezident maktablari jamoalari fan va texnologiyalar bo‘yicha bilimlari, jamoaviy ishlash va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Respublika bosqichida:

— Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1-o‘rinni;

— Qarshi shahridagi Prezident maktabi jamoasi 2-o‘rinni;

— Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, maqolalar yo‘nalishida 7 ta nominatsiya bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.

Loyihalar yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent hamda Termiz shahridagi Prezident maktablari eng yuqori natijaga erishdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер