Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yigʻilish boshlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari bu sohada muammolar toʻplanib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini oʻzgartirish zarurligini qayd etdi.
Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yoʻnalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bogʻlanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yoʻlovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.
Shu munosabat bilan Prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish boʻyicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring