Prezident huzurida Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tashkil etiladi

14:45 01 Yanvar 2023 Siyosat
1693 0

Foto: Arxiv surat

Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda “aqlli tartibga solish” loyihasi joriy etiladi. Bu borada “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Prezidentga hisobdor boʻlgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, jumladan:

— Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;

— qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.

Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar oʻtkazish yuklatiladi:

— konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yoʻnalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);

— normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish taʼsirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish;

— korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini oʻrganish.

Qarorga koʻra, Institut tomonidan oʻtkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер