Prezident: “Har bir fuqaroga mamlakatdan toʻsiqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim”
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Yigʻilishda Prezidentimiz ayrim mantiqsiz holatlarning oldini olish uchun yangi bir normani Konstitutsiyaga kiritish taklifini bildirdi.
"Yaʼni, maʼmuriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yoʻnalishdagi ishlarni koʻrib chiqishda insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari – qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli boʻlishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratishi kerak.
Bilasizlarmi, meni koʻp yillardan buyon qiynab kelgan yana bir masala bor edi, u ham boʻlsa “propiska”, degan muammo.
Odamlarimizni, ularning huquqlarini kamsitadigan bunday holatni bartaraf etish uchun biz yoʻllardagi nazorat postlarini, “propiska”, degan narsani yoʻq qildik.
Kelgusida bunday toʻsiqlarni tizimli hal etish uchun har bir Oʻzbekiston fuqarosi mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega boʻlishi shart. Har bir fuqaroga mamlakatdan toʻsiqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanishi lozim.
Shuningdek, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi kerak" dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring