Prezident endilikda mahalla boshqaruvi yangi yondashuvlar asosida tashkil qilinishini ta’kidladi
Amaldagi “beshlikka” soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, birgalikda ishlaydigan “mahalla yettiligi” bo‘ladi.
Jumladan, aholini 3 ta daftarga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning o‘zida, kollegial hal qilinadi.
Shuningdek, 3 ta daftarga beriladigan mablag‘lar Bandlik, Tadbirkorlik va Kasanachilik jamg‘armalaridan
har bir mahallaga taqsimlab beriladi.
Ya’ni, mablag‘ni ishlatish mahallaning o‘ziga, “yettilik” ixtiyoriga beriladi.
“Bu – mahallaga ham vakolat, ham mas’uliyat degani”, - dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring