Prezident dunyodagi tahlikali vaziyatda yurt tinchligini asrash barchaning burchi ekanini taʼkidladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident ishtirokida oʻtayotgan tadbirda mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas fazilatlar qizlarimiz qalbiga buvijonlarning nasihat va oʻgitlari bilan kirishi, bunday oilada tarbiya olgan qizlarimiz yurish-turishi, odob-axloqi va hayotga munosabati bilan tengdoshlariga namuna boʻlib kelgani taʼkidlandi.
Bugungi sharoitda ana shu tarbiya maktabiga ehtiyoj har qachongidan ham dolzarb boʻlib turgani qayd etildi.
“Bugun Yangi Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil kirib bormoqda. Biz oʻz oldimizga, avvalo, inson baxti, inson qadri uchun xizmat qiladigan ulkan maqsadlarni qoʻyganmiz. Chunki inson baxti oiladan boshlanadi, oila esa ayol bilan mustahkam. Kelajak avlod ana shu muqaddas makonda kamolga yetadi!
Hech shubhasiz, bu borada qizlarimizning maʼnaviy tarbiyasi hal qiluvchi oʻrin tutadi”, dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz dunyodagi vaziyat tahlikali boʻlib borayotgan bir paytda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik ulugʻ neʼmatligini yanada chuqur his etish, uni asrash har birimizning muqaddas burchimiz ekanini taʼkidladi.
Mana shunday sharoitda duogoʻy buvijonlarimiz, moʻtabar onaxonlarimiz oilalarda bu neʼmatning qadriga yetish, uni asrab-avaylash va farzandlar, nabiralarga shukronalik tuygʻusini singdirishda namuna boʻlishlariga ishonch bildirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring