Prezident byudjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha topshiriq berdi
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.
Muxbirimiz xabariga koʻra, yigʻilishda mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, barcha imkoniyat va zaxiralarni ishga solib, may-iyun oylarida byudjetga 26 trillion soʻm tushumni taʼminlash hisobiga ikkinchi chorak prognoziga 3,2 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ jalb qilish topshirigʻi berildi.
Bundan tashqari, yil yakuniga qadar birgina yer soligʻidan respublika boʻyicha 500 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ jalb etish imkoni mavjudligi qayd qilindi.
Shuningdek, birinchi yarim yillikda jami qiymati 1,5 trillion soʻmlik 550 ta davlat aktivini sotish taʼminlanadi.
Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa mutasaddilarga bir oy muddatda tadbirkorlarning fikr va eʼtirozlarini inobatga olib, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash tizimini yana-da takomillashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring