Prezident avtomobillarni koʻproq ichki bozorga yoʻnaltirishni taʼkidladi

19:07 14 Fevral 2022 Siyosat
791 0

Foto: president.uz

Ichki talabdan kelib chiqib 2022-yilda 410 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda bu raqam tarmoqdagi mavjud imkoniyatlarga nisbatan ancha kamligi taʼkidlandi.

Shu bois avtomobillarni koʻproq ichki bozorga yoʻnaltirib, butlovchi qismlar hisobiga yillik eksportni 500 million dollarga yetkaziladi.

Bunda Rossiya va Qozogʻistonning yirik savdo tarmoqlari orqali butlovchi qismlar sotish tajribasini boshqa davlatlarda ham yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер