Prezident Andijon shahridagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berishni taklif qildi
Prezidentimiz o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojida o‘chmas iz qoldirgan O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Jo‘rayev nomini barchamiz alohida hurmat bilan esga olishimizni ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari Andijon shahridagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berish taklifini ilgari surdi.
Bu maktab Musiqa va san’at kollejiga aylantirilib, grant asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv va turar joy binosi, zarur infratuzilma ob’yektlari barpo etiladi, shuningdek, Sherali Jo‘rayev byusti o‘rnatiladi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi, kompleks va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring