Prezident ayrim vazir va hokimlar mahalliy sanoat tarmogʻidagi tadbirkorlarni eshitmayotganini, tayyor imkoniyatlardan toʻgʻri foydalana olmayotganini koʻrsatib oʻtdi

12:01 10 May 2024 Siyosat
386 0

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmogʻidagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Yigʻilishda hozirda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan birga tez fursatda mahallada yuzlab ish oʻrni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va oʻrta korxonalar kerakligi taʼkidlandi.

Bu borada eng katta zaxira mahalliy sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar bor

Shuningdek, yigʻilishda ayrim vazir va hokimlar bu soha tadbirkorlarini eshitmayotgani, tayyor imkoniyatlardan toʻgʻri foydalana olmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Oʻtgan yili charmsanoatda ishlab chiqarish hajmi oʻsib, qariyb 3 trillion soʻmga yetdi. Lekin, shuni yarmi Andijon va Fargʻonaga toʻgʻri keladi.

Respublikadagi jami terining 40 foizini beradigan Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning charmsanoatdagi ulushi ularning imkoniyatiga mos emas.

Mahsulotiga bozor topish, aylanma mablagʻ masalalari sababli ayrim korxonalar oʻtgan yilni zarar bilan yakunlagan. Oʻtgan yili charmsanoat eksportida tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер