Prezident Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashdi

10:16 18 Dekabr 2019 Siyosat
998 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi dasturi 18-dekabr kuni tongda Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi. 

Mamlakatimiz va Aichi prefekturasi oʻrtasida taʼlim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yoʻlga qoʻyilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va qoʻshma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.

Oʻzaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqishga kelishib olindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер