Prezident 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta oʻylanmasdan, betartib belgilanganini koʻrsatib oʻtdi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda davlat rahbari sohadagi baʼzi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta oʻylanmasdan, betartib belgilanganini koʻrsatib oʻtdi.
Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovgʻa qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.
Eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band boʻlishiga koʻmaklashish eng oxirgi oʻringa tushib qolgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring